“Blog” so‘zi ingliz tilidagi ikkita so‘zning birikmasidan kelib chiqadi – “web” (o‘rgimchak ini, tarmoq) va “log” (yozuv). Blog bu shaxsiy yoki biror bir guruxga tegishli internet sahifa. Boshida shaxsiy kundalik sifatida ishlatilgan blog, vaqt o‘tib ma‘lumot almashishda kuchli qurolga aylandi. Yuqorida keltirilgan misollar bunga dalildir.
Bloger bu kim? Bloger tanqidiy fikrga ega bo‘lgan, o‘z fikrini bemalol ifoda qila oladigan, boshqalar bilan baxsda o‘z nuqtai nazarini ximoya qila oladigan va ommaviy axborot vositalari yoritmagan mavzu bo‘yicha o‘z fikrini beradigan inson.
Bloger va blog XXI asr ommaviy axborot vositalaridagi (OAV) o‘ziga xos fenomen. Agar ilgari an‘anaviy OAV bir taraflama ma‘lumot berib kelgan bo‘lsa, endilikda esa OAV va blogerlar, ya‘ni mushtariylar chambarchas muloqotda va baxsda. Ayrim vaziyatlarda esa bloglar OAV rolini oynaydi.
OAV va blogerlarning orasidagi chambarchaslikning yaqqol misollari AQShda 2001 yil 9 sentabrda yuz bergan terrorist xujumlari va 2010 yil iyun oyida Qirg‘izistonnnig O‘sh va Jalolobod shaharlarida sodir etilgan mudxish jinoyatlar haqida ma‘lumot tarqatilishidir. Bu voqealarda OAV bo‘lmagan joylardan oddiy insonlar internetdagi bloglar, mikrobloglar va boshqa xizmatlar orqali bu voqealarga oid matn, surat, video va audio shaklidagi ma‘lumotlarni dunyoga tarqatishgan.
Kim bloger bo‘lishi mumkin, deysizmi? Boshqalar bilan o‘rtoqlashmoqchi bo‘lgan fikri yoki qiziq surat/video materiallari bor, yoki biron bir dolzarb mavzu bo‘yicha fikrini boshqalarga yetkazmoqchi bo‘lgan inson bloger bo‘lishi mumkin.
Bloger o‘z maqolalari orqali OAV larining minglagan mushtariylari bilan fikr almashish, maslaxatlashish yoki baxslashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий
Izoh qoldirish joyi...