23.12.2013

Bir piyola choy ustida...

      Bloggerning ushbu blog platformasidan unchalik yaxshi foydalanishni bilmasam-da, bir oddiygina qilib blog yaratishni maqsad qilgandim va aytishim mumkin-ki maqsadimni qanchadir qismi amalga oshdi. Aslida blog yozishga qiziqishim 2010-yillardan buyon bor. Wordpress blog yaratish platformasida Afrosiyob deb nomlab blog yaratib, bir qancha bloglar yozdim. Lekin yalqovlik, ahamiyatsizlik shunday xunuk fe'llarim qiziqishimni susaytirib kelmoqda. Bir qancha qiziq mavzularda bloglar yozish fikrlari miyamni qoqqandi, lekin nimagadir yozmaganman, balki shart-sharoit, imkoniyat degan narsalar sabablidir. Ha, mayli asosiysi hozir imkon bor, mening bloglarimga ehtiyoj bormi bunisi noma'lum. Shunday bo'lsada, demokratik jamiyatda, internet olami bilan hamnafas yashayotgan bir vaqtda o'z fikrlarimni blogim orqali yozib qo'yish ayb emas deb o'ylayman.


    Hayotimizni oxirgi paytlarini kuzatsak, haqiqatdan XXI asr internet asri ekanligiga guvoh bo'lamiz. Ijtimoiy tarmoqlar, turli sahifalar, OAVlar saytlari, internet radiolar - kimlarnidir hayoti mazmuniga aylanib ulgurgan.
 Shu bilan birga O'zbek bloggingi ham rivojlandi. O'zbek internet olamida o'ziga yarasha auditoriyaga ega bo'ldi, o'z o'quvchilarini topa oldi.

       Facebookni kuzatar ekanman UzBloggerlar sahifasi paydo bo'ldi, xullas gapirsa gap ko'p. Mana oxir-oqibat UzBloggerlar birinchiligi tashkillashtirildi.  Birinchi turda, bu natija kutilmagan bo'lsa ham 100dan oshiq bloggerlar o'z bloglari bilan ishtirok etganini xabar qilishdi. 100dan ortiq blogger, bu haqiqatdan o'zbek bloggingi rivolanganidan darak beradi.

      Imkon bo'lsa da, ilk bora ushushtirilganligi sababli qatnashishga xohish bo'lmadi. Balki, erinchoqligim sabablidir. Lekin, keyingi safar oddiy blog yozuvchi sifatida qatnashish istagi yo'q emas.
Blogimni kuzatishda davom eting. Nasib qilsa, yaxshi loyihalar ustida ishlashni maqsad qilganman. O'ylaymanki siz uchun ham biron foydali materiallar bo'ladi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Izoh qoldirish joyi...